Страна: Узбекистан
Я Шахло Темирова , люблю читать интересные книги в свободных времях и увлекаюсь с переводом стих .
Country: Uzbekistan
I am Shakhlo Temirova, l love reading interesting books in my free time. And l translate poems into the uzbek language.
Отрывок из поэтического сборника
Tark eting
Tushlarimga kirmang, sizdan iltimos.
Bir zum nafas olay ishqsiz,sevgisiz.
Azoblab yubordi haddan tashqari
Sizning hayotimda mavjudligingiz.
Iltimos, tark eting, jism-u jonimni
Sizsiz ham o’tadi umr barhayot.
Tark eting, shunchaki ortga qaramay
Toki yodga olamay sizni umrbod.
Kelmang, men dunyoni tark etmaguncha
Mahkumsiz pichirlab aytmoqqa ismim.
Tark eting, siz kabi zanjirband hislar
Kishanlari bilan bo’shalib ketsin.
Tark eting…
Sensiz
Million yil orqaga qaytishim kerak,
Million yil orqadan seni izladim.
Sensiz bugunimni qandoq yashayman,
Ismingni aytmoqqa bormikan haqqim.
Yerga to’kilaman, o’rik guliday ,
Menga dalda bo’lding, azizim, biroq.
Qanchalik ruhimga bermasin taskin,
Men uchun gunohdir seni o’ylamoq.
Endi ayt, men qanday yashashim mumkin,
Yoningda turib ham, qilmasam baxt his.
Qanday achinarli ko’z oldimizda ,
O’limga yuz tutsa muhabbatimiz.
Bekat
Bekat.So’ngi manzil.Vidolashar kun.
Qadamim sekinlab boradi atay.
So’ng ortga termulib qarayman,xuddi
Sen kelib to’xtatib qoladiganday.
Sen esa beparvo,qaylardadir jim,
Hamon yashayapsan xafahol, ma’yus.
Bahorlar qaytmaydi sen kelgan joyga,
Sen kelar joylarda hukm surar kuz.
Endi hech sen mendan olma havotir,
Adashdim, ehtimol, hislarim daydi.
Sen uchun shunchalar oson, yuraksiz,
Hislarim qalbingni azoblamaydi.
Biz shunday yashashda etamiz davom,
Haqiqat ko’ziga boqish kerak tik.
Yaxshisi boshingni maydalab yubor,
Kun kelib jussangga qilsa og’irlik.
Baxt
Bir koinot, to’qqiz sayyora,
Mamlakatlar, qit’a va orol.
Bu dunyoda bizdan tashqari
Yetti milliard turfa odam bor.
Lek hech narsa bo’lmadi to’siq,
Tushunarsiz bu qanday tilsim?
Yetti milliard odam, shunda ham
Men birgina seni uchratdim.
Izoh
Sen kelar kunlarga , men edim muhtoj,
Sen kelar yo’llarga, boqdim intizor.
Yaxshisi, qiynamay menga o’zing ayt,
Sen kelar kunlarga yana qancha bor?
Na bir xabar berding, na bir halovat,
Uzoqdan bo’lsa ham chiqarmading sas.
Men sensiz million yil yashashim mumkin,
Lek sensiz men qanday olaman nafas.
Qaniydi, meni kut demaganingda,
Balki men bunchalik chekmasdim azob.
Qaniydi, seni ham o’rtaganida
Men har kun his qilib kelgan iztirob.
Sen kelar yo’llarga men hamon mushtoq,
Hamon qo’llarimda tishlangan kulcha.
Men seni kutaman bir kuni kelib,
Iltimos, unutgin demaguningcha.