Ismoiljon Odilov

Страна : Узбекистан


Country : Uzbekistan

Men o’zim O’zbekistondagi Erkin Vohidov prezident ijod maktabida tahsil olaman. Hayotining asosiy qismini ijod ya’ni she’rlar yozish tashkil qiladi. O’zim hozir jurnalist bo’lish uchun o’qishga tayyorlanyapman. O’qishdan bo’sh vaqtlarimda uy ishlari va ijod bilan shug’ullanaman.


Отрывок из стихотворение  “O’quvchi”

Men na qushman, na bir bulut, tosh,

Na xazonman kuzga ko’milgan.
Na oshiqman bitta qiz uchun,
Sevgisini ehtiyot qilgan.
 
Men shamolman! Bayotsiz, yo’lsiz, 
Bir qanoti yomg’irda cho’kkan. 
Yaproqlarga etib xiyonat,
Sevgisini daraxtdan to’kkan. 
 
Yashab keldim bamaylixotir,
Oqshomlarda qarshilab tongni. 
Men ilk bor tuygan muhabbat 
Yuragimga qo’shilib yondi. 
 
Darvoqe, ishq mening ulfatim,
Sevsam kuyar, sevmasam xarob.
Kechishsalar xandon ketaman,
Boshim oqqan tomonga qarab.
 
Men bulutman, yomg’irsiz bulut, 
Na yig’iman bir ko’zga to’lgan. 
Na soqdiman bitta qiz uchun, 
Yuragini ehtiyot qilgan!

1 Звезда2 Звезды3 Звезды4 Звезды5 Звезд (3 оценок, среднее: 2,00 из 5)

Загрузка...